HAMAS ta’kidlashicha, falastinliklarning uylarini bombardimon qilish va "qirg‘inlar" uyushtirish Netanyaxuga G‘azoda "hech qanday g‘alaba keltirmaydi."
Jinoyatchi Isroil kuchlari G‘azoga hujumlarni kuchaytirdi, tong otgandan beri kamida 80 nafar falastinlik halok bo‘lganini shifokorlar ma’lum qildi. Qurbonlar orasida G‘azo shimolida o‘ldirilgan 50 kishi bor.
Rossiya, Xitoy va Buyuk Britaniya G‘azoga yordam yetkazish bo‘yicha AQSH-Isroil rejasini rad etib, Isroilni G‘azodagi ikki oylik qamalni bekor qilishga undadi.
Saudiya Arabistoniga tashrif buyurgan AQSh prezidenti Donald Tramp G‘azodagi mojaroni iloji boricha tezroq yakunlash ustida ishlayotganini aytmoqda, biroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu "urushni to‘xtatadigan vaziyat bo‘lmaydi," deya ta’kidlamoqda.
Isroilning G‘azoga qarshi urushi natijasida kamida 52 908 falastinlik halok bo‘ldi, 119 721 nafari jarohat oldi, deb xabar bermoqda G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi. Hukumat matbuot xizmati vayronalar ostida bedarak yo‘qolgan minglab odamlar o‘lgan deb taxmin qilinayotganini aytib, qurbonlar sonini 61 700 dan ortiq kishiga yetkazdi.