Ayni paytda Isroil rasmiylari G‘azo sektorida garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha "intensiv muzokaralar" olib bormoqda.
Bu haqda yahudiy davlati bosh vaziri Benyamin Netanyaxu o‘g‘irlab ketilganlarning yaqinlari bilan suhbatda ma’lum qilgan.
Netanyaxu garovga olinganlarning onalari Tamir Nimrodi, Avinatan Or va Eytan Xorn bilan telefon orqali suhbatlashdi, deya xabar beradi Isroil bosh vazirining idorasi.
"Bosh vazir ularni garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar va shu kunlarda olib borilayotgan qizg‘in muzokaralar haqida ma’lumot berdi. Bosh vazir barcha garovga olinganlarni tirik va o‘lik holda qaytarish majburiyatini yana bir bor ta’kidladi", — deyiladi idora xabarida.
Isroil tomonining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Falastinning XAMAS harakati hozirda G‘azoda 24 nafar garovda va 35 nafar halok bo‘lgan asirning jasadini ushlab turibdi.