Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo sektoridagi 100 dan ortiq garovga olinganlarning har biri ozod qilingani uchun 5 million dollar mukofot taklif qildi.
Bundan tashqari, Isroil hukumati rahbari garovga olinganlarni ozod qilishda ishtirok etganlar, shuningdek, ularning oila a’zolariga xorijga chiqishni ta’minlashga va’da berdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi bugun garovga olinganlarni ozod qilishni va Isroil va terror tashkiloti Hamas o‘rtasida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishni talab qiluvchi rezolyusiyani ovozga qo‘yishi kerak.