Telekanal manbalariga ko‘ra, gap AQSh vositachiligida tayyorlangan va amalga oshirilayotgan Isroil va HAMAS o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish rejimi doirasidagi “so‘nggi kuch namoyishi” haqida ketmoqda.
"Tramp atrofidagi asosiy shaxslar, shuningdek, Qo‘shma Shtatlarning Fors ko‘rfazi davlatlari, Turkiya va Qatar kabi ittifoqchilari Netanyahu G‘azodagi sulhni amalga oshirishni cho‘zayotganidan tobora ko‘proq norozi bo‘lmoqda va mintaqada barqarorlikka putur yetkazishi mumkin bo‘lgan qarorlardan xavotirda", deyiladi CNN xabarida.