Shuningdek, u Isroil Turkiyaning mintaqani beqarorlashtirishga bo‘lgan urinishlariga qarshi keskin choralar ko‘rishda davom etishini bildirdi.
"Isroil allaqachon Turkiyaning ikkiyuzlamachiligidan hayratlanmay qo‘ygan. Erdo‘g‘an — kurdlarni qirg‘in qilgan, HAMAS terrorchi tashkilotini qo‘llaydigan va o‘z xalqiga zulm o‘tkazadigan antisemit diktatordir", — dedi Isroil bosh vaziri.
Uning qo‘shimcha qilinishicha, Isroil Turkiyaning harakatlariga va har qanday xavfiga qarshi qat’iy javob qaytaradi.
Mazkur bayonot Suriya Isroilni Turkiya chegarasi yaqinidagi harbiy aviabazaga zarba berishda ayblaganidan bir necha kun o‘tib berildi. Keyinchalik Isroil bu hujumni bilvosita tan oldi. Netanyahu Turkiya bu hududda o‘z harbiy ishtirokini o‘rnatmoqchi ekanini aytdi. Biroq Turkiya u yerga hech qanday harbiy ishtirok amalga oshirilmaganini bildirdi.