Isroil bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, London, Parij va Ottava o‘z bayonotlari bilan amalda HAMAS G‘azo sektorida hokimiyatda qolishini istashlarini bildirishgan.
20 may kuni Kir Starmer, Emmanuyel Makron va Mark Karni Isroilning G‘azodagi harbiy amaliyotini kengaytirishini qoralab, uni “mutlaqo nomutanosib javob” deb atagan va mintaqadagi gumanitar vaziyatga “chidab bo‘lmas darajada og‘ir” deya baho bergan edi.
"Agar Isroil harbiy hujumni to‘xtatmasa va gumanitar yordam yetkazib berishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilmasa, biz bunga “aniq choralar” bilan javob beramiz", deyilgan edi Britaniya, Kanada va Fransiya rahbarlarining qo‘shma bayonotida.