Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Neslixan Atagul va Burak O‘zchivit o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi

A A A
Neslixan Atagul va Burak O‘zchivit o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi

Taniqli turk aktyorlari Neslixan Atagul va Burak O‘zchivit o‘rtasidagi ziddiyatli munosabatlar Turkiya ommaviy axborot vositalarida eng ko‘p muhokama qilingan mavzulardan biriga aylandi. Shu sababli, jurnalistlar yana nima sodir bo‘layotganini va nega Neslixan ommaviy axborot vositalaridan uning oldida Burakning ismini aytmaslikni iltimos qilishini so‘rab, Burakka murojaat qilishdi.

Neslixan bilan suhbatdan so‘ng aktyorlar atrofidagi ziddiyat kuchayib ketdi, aktrisa jurnalistlardan unga va eriga O‘zchivit haqida savollar bermaslikni iltimos qilib, sababini tushuntirishdan bosh tortgandi.

Burakning o‘zi sababini tushuntirmadi. Jurnalistlarning "Neslixan Atagul bilan ziddiyatning sababi nima va u haqiqatan ham mavjudmi?" degan savolini aktyor eshitmaganga oldi.

Jurnalistlar o‘zlarining savollariga javob ololmaganlariga qaramay, aktyorlarning yaqin doirasiga murojaat qilishdi.

“Bunday nizo yo‘q. Hamma narsani siz jurnalistlar o‘ylab topgansiz. Mubolag‘a qilishni va so‘zlarni kontekstdan "yulib olish"ni yaxshi ko‘rasiz. Aslida Neslixan va Burak o‘rtasidagi tushunmovchilikning sababi —  OAV. Axir, agar siz ular orasidagi go‘yoki romantikaga oid bir voqeani o‘ylab topmaganingizda edi, unda ular turmush o‘rtoqlari bilan bog‘liq muammolarga duch kelmas edilar va bir-birlaridan uzoqlashishga hech qanday sabab bo‘lmasdi», – dedi Burakning yaqin doirasidagi prodyuser.

Eslatib o‘tamiz, Burak O‘zchivit va Neslixan Atagul o‘zbek kinoixlosmandlariga "Sevgi iztirobi" seriali orqali yaxshi tanish.

Kiritildi: 14:25 09.12.2020. O'qildi: 5953 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!