Bugun 12 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Nepallik yigit dunyoning eng baland 14 ta cho‘qqisiga chiqib, rekord o‘rnatdi

Nepallik yigit dunyoning eng baland 14 ta cho‘qqisiga chiqib, rekord o‘rnatdi

18 yoshli nepallik Nima Rinji 9 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan 6:05 da sherigi Pasang Nurbu bilan 8,027 metr balandlikdagi Shisha-Pangma cho‘qqisini zabt etib, bunga erishgan eng yosh odam bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Shisha-Pangma 14 ta 8000 metrli cho‘qqilarning biri bo‘lib, ularning barchasi Xalqaro alpinizm va tog‘chilik federasiyasi tomonidan dengiz sathidan 8,000 metr baland deb tan olingan. Nimaning yutug‘i Nepal Alpinizm assosiasiyasi tomonidan ham tasdiqlangan.

Ginnesning rekordlar kitobiga ko‘ra, bundan avval, 2019 yilda Mingma Gyabu 30 yoshida barcha 14 ta cho‘qqiga chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Ularning veb-saytida yangi rekord tasdiqlanishi bir necha hafta davom etishi mumkinligi qayd etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Nima epik sayohatini 2022 yil sentyabr oyida Nepalning 8 163 metr balandlikdagi Manaslu tog‘iga chiqish bilan boshlagan. Keyingi ikki yil ichida u barcha 8000 metrli cho‘qqilarni, jumladan dunyoning eng baland cho‘qqisi Everest (8 848,86 metr) va juda xavfli hisoblangan K2 (8 611 metr) ni zabt etgan.

Kiritildi: 20:27 11.10.2024. O'qildi: 331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!