Aksariyat nemislar Ukraina Qurolli kuchlariga “Taurus” uzoq masofali “havo-er” qanotli raketalari yetkazib berilishiga qarshi chiqmoqda, deb xabar bermoqda N-TV.
N-TV telekanali o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, nemislarning aksariyati Ukraina armiyasiga ushbu raketalarni yetkazib berishga qarshi.
Qayd etilishicha, respondentlarning 66 foizi raketalarning ehtimoliy yetkazilishini xato deb hisoblaydi. Shu bilan birga, 28% “Germaniya Kiyev so‘rovlariga ko‘nishi kerak”, deb ta’kidlagan.
So‘rov shuningdek, nemislar orasida Berlinning harbiy ta’minoti Ukrainaning qarshi hujumiga yordam beradimi, degan shubha va bo‘linishni ko‘rsatdi.