Boris Pistorius Vilnyusga tashrifi chog‘ida nemis askarlarini Litvaga joylashtirish vaqtini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya tomonidan shartnoma 2025 yilda ratifikasiya qilinadi, 2026 yilda Litvaga ilk 500 nafar harbiy xizmatchilar guruxi keladi, 5000 kishilik to‘liq Bundesver brigadasi esa 2027 yilgacha mamlakatga joylashtiriladi. Taxminlarga ko‘ra, bu vaqtga qadar barcha zarur infratuzilma — baza, omborlar, poligonlar, tibbiyot muassasalari, harbiy xizmatchilarning oilalari uchun uy-joy va maktablar qurib bitkaziladi.
Pistorius Litvaga kelgan kuni mamlakat Seymi Germaniya va Litva o‘rtasida ikki haftadan kamroq vaqt oldin imzolangan mudofaa sohasida hamkorlik shartnomasini zudlik bilan qayta ko‘rib chiqish uchun bir ovozdan ovoz berdi. Bu nemis askarlari va ofiserlarining mamlakatda bo‘lishining huquqiy asoslarini yaratadi hamda ularni joylashtirish va xizmat qilishning amaliy masalalarini hal qilish uchun asos yaratadi.