Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Nega uxlashdan oldin to‘shagimizni qoqishimiz kerak?

Nega uxlashdan oldin to‘shagimizni qoqishimiz kerak?

Uyqu – ne’matdir. Bandalar yaxshi anglashlari uchun Alloh taolo o‘lish va qayta tirilishning misolini uxlash va uyg‘onishning misolida zarbulmasal qilib aytadi:
"Alloh jonlarni o‘lgan vaqtida, o‘lmaganlarni esa uxlayotgan paytlarida olur. Bas, O‘zi o‘limga hukm qilgan jonlarni (qaytarmasdan) ushlab qolur, boshqalarini esa belgilangan bir muddatgacha (ajallari yetguncha) qo‘yib yuborur. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavm uchun alomatlar bordir” ("3umar" surasi, 42-oyat).

Ba’zi salafi solih zotlar aytadi: ”O‘liklarni ruhlari o‘lgan vaqtlarida, tiriklarni ruhlari uxlagan vaqtlarida olinadi”. Ibni Kasir aytadi:”Jonni sug‘irib oladigan farishtalar yuborilishi orqali bandalarda sodir bo‘ladigan holat katta vafot etish, uxlagan holati kichik vafot etishdir”. Uyqu Alloh taoloning mo‘’jizalaridan bo‘lib, unda insoniyat uchun katta ibrat bor. Alloh taoloning izni bilan ruh jasaddan ko‘tarilsa, uxlab qolinadi. Jasadga qayta kirsa uyg‘onadi. Qiyomat kuni ham ruhlarni jasadlarga kirishga amr qilinsa, xuddi uyqudan uyg‘onilgandek, bandalar qabrlaridan turadilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasalam bir qancha uxlash odoblariga irshod qilganlar:Xufton namozidan avval uxlanmaydi, xufton namozidan keyin so‘zlashilmaydi.
“Rasululloh sollollohu alayhi vasalam xufton namozidan avval uxlashni, xufton namozidan keyin so‘zlashni yoqtirmas edilar”(Buxoriy rivoyati)

Ushbu hadisni sharhida Ibni Hajar Asqaloniy aytadi:"Xufton namozidan avval uxlash xufton namozi vaqtini yoki muxtor vaqtini o‘tkazib yuborishga olib keladi. Xufton namozidan keyin so‘zlashish tongda yoki muxtor vaqtda va tungi ibodat(tahajjud)dan uxlab qolishga olib keladi”. Lekin ilm olish, ilm berish, yaxshiliklar qilish va shu kabi ishlarda suhbatlashish mumkin. Chunki, Rasululloh sollallohu alayhi vasalam musulmonlarning ishlari yuzasidan Abu Bakr roziyallohu anhu bilan kechalari suhbatlashar edilar.Tahoratli holatda yotiladi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar:
"Agar yotog‘ingizga kelmoqchi bo‘lsangiz, bas, namozga tahorat qilgandek tahorat qiling”…(Muttafaqun alayh).

Uxlashdan avval ko‘rpa-to‘shaklarni qoqiladi. Chunki, ko‘rpa – to‘shaklarning orasiga insonga zarar beruvchi hashoratlar kirib olgan bo‘lishi mumkin. Nabiy sollallohu alayhi vasalam aytadilar:
”Sizlardan birortangiz uxlamoqchi bo‘lsa, to‘shagini qoqsin. Uxlagandan so‘ng nima sodir bo‘lishini bilmaydi”…(Buxoriy rivoyati)

O‘ng tomonga yonboshlab uxlanadi. Nabiy sollallohu alayhi vasalam aytadilar:
 "…Agar yotishni xohlasa, o‘ng tamonga yonboshlab yotsin"..(Muslim rivoyati).

Ushbu hadisning sharhida Navaviy aytadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasalam o‘ng tamonni yaxshi ko‘rardilar. Chunki, o‘ng tomonga yonboshlab uxlaganda xushyor yotiladi.. Ibni Qayyuum Javziy chap tarafga ko‘p yonboshlab yotishda yurakka zarar berish ehtimoli borligini aytadi. Uxlash asnosida boshqa tarafga o‘girilib olishning sunnatga xilof emasligini ulamolar aytishadi.O‘ng qo‘lni yuzning ostiga qo‘yib uxlanadi. Hafsa onamiz aytadi:
"Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) kechqurun o‘rinlariga yotishni xohlasalar o‘ng qo‘llarini yuzini ostiga qo‘yar edilar". (Abu Dovud rivoyati).

Hamma gunohlardan tavba qilinadi. Mo‘’min kishi kuni bilan qilgan ishlarini uyquga ketishdan avval sarhisob qilishi va xato-kamchiliklariga tavba qilmog‘i mustahabdir.Qorni bilan yotib uxlanmaydi. Tixfatul G‘iforiy aytadi:
"Masjidda qorin tomonim bilan uxlab yotgan edim. Rosululloh(sollollohu alayhi vasalam) kelib, oyog‘i bilan niqtab: "Nega bunday uxlayapsan? Bunday uxlash Alloh taolo yomon ko‘rgan yoki g‘azab qilgan uyqudir”, dedi (Ibn Mojja rivoyati).

Qur’oni Karimdan oyatlar tilovat qilib uxlanadi.
Oysha onamiz aytadilar:
"Rasululloh(sollallohu alayhi vasalam) har kecha joylariga yotganlarida ikki kaftlarini jamlab, “Ixlos”, “Falaq” va “Nos” so‘ralarini o‘qib dam solardilar. So‘ngra boshi va yuzlaridan boshlab, imkon qadar butun jasadlariga surtar edilar. Bu amalni uch marotabadan takrorlardilar”(Buxoriy rivoyati).

Alloh taoloni zikr qilib uxlanadi. Hadisi shariflarda uyquga ketishdan avval aytiladigan zikrlarning ko‘p turlari bayon qilingan. Ana shu zikrlardan eng qisqasni keltirishga qaror qildik. Huzayfa(roziyallohu anhu) aytadi:
”Rasululloh (sollallohu alayhi vasalam) kechqurun joylariga yotsalar, qo‘llarini yuzlariga qo‘yib: ”Allohumma bismika amutu va ahya(Allohim sening noming bilan o‘laymiz va tirilamiz)”, der edilar”(Buxoriy rivoyati).

Uxlamoqchi bo‘lib yotgan vaqtda, kechasi turib (tahajjud)ibodat qilishni qasd bilan niyat kilinadi. Ana shunday niyat bilan uxlansayu, kechasi uxlab qolib tungi ibodatga turolmasa, u insonga niyati sababli tungi ibodat savobi beriladi. Abu Dardo(roziyallohu anhu) aytadi:
"Rasululloh(sollallohu alayhi vasalam): ”Kimki to‘shagiga kelganda, tunda turib namoz o‘qishni niyat qilsa, bas, tonggacha ikki ko‘zi unga g‘olib bo‘lsa, u uchun niyat qilgan narsasi yoziladi. Uyqusi u uchun Alloh taolo tamonidan sadaka bo‘ladi”, dedilar” (Nasaiy rivoyati).

Uyqudan avval olov va chiroqlar o‘chiriladi va eshiklar berkitiladi. Rasululloh sollallohu alayxi vasalam aytadilar:
"Uxlayotgan vaqtlaringizda uylaringizda olovni qoldirmanglar" (Muttafaqun alayh).

Navaviy ushbu hadisning sharhida chiroqni olovi va boshqa hamma olovlar nazarda tutilganini aytadi. Shuningdek, yonib ketish xavfi bo‘lsa,osilgan qandillarni ham o‘chirish kerakligini va agar yonib ketish ehtimoli bo‘lmasa, zarurat uchun yoniq qolishini ziyoni yo‘qligini aytadi. Chunki, olovni o‘chirishga amr qilishdan maqsad har xil hashoratlar olovni tarqatishi natijasida bino va uylar yonib ketishidan saqlashdir. Zamonaviy tibbiyot chirog‘i yoniq uyda uxlash inson ko‘ziga zarar berishini aniqlagan.Imom G‘azzoliyning fikricha, bir kunlik uyqu me’yori sakkiz soatni tashkil etadi. Shunga ko‘ra uyqu inson hayotining o‘rtacha hisobda uchdan bir qismini tashkil etadi. Uxlashda ham Rasululloh sollallohu alayhi vasalamning ko‘rsatmalariga amal qilinsa, uxlab dam olish asnosida ham qo‘shimcha ajru savobga ega bo‘linadi. Chunki, kimki Rasululloh sollallohu alayhi vasalamning ko‘rsatmalariga amal qilsa, Alloh taolo savob beradi. Ziyrak kishi uyqu kabi muboh – savob berilmaydigan ishlarni ham ibodatga aylantiradi. Me’yordan ortiqcha uyqu vaqtni zoye qilishga, dangasalikka va yalqovlikka olib keladi. Umuman uxlamaslik inson tabiatiga zid narsadir. Uyquning me’yorida bo‘lgani yaxshi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 18:38 22.06.2019. O'qildi: 4266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!