Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Nega Homiylik markazlarining 1197 raqamiga bog‘lanib bo‘lmaydm, doim band?

Nega Homiylik markazlarining 1197 raqamiga bog‘lanib bo‘lmaydm, doim band?

Nega Homiylik markazlarining 1197 raqamiga bog‘lanib bo‘lmayapti, doimiy band? Xodimlar yetishmaydimi yoki moddiy texnik baza yetarli emasmi? Bu masalaga Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva oydinlik kiritdi.

"Homiylik, xayriyalarini muvofiqlashtirish va volontyorlik markazlari faoliyatini tashkil etish bevosita vazirlik va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida olib borilmoqda.

Hozirda markazlar qoshida tashkil etilgan 1197 qisqa raqamlari orqali aholi murojaatlarini qabul qilish Yoshlar ishlari agentligi tomonidan jalb qilingan volontyorlar tomonidan olib borilmoqda. 

Aholi murojaatlarini qabul qiluvchi volontyorlar guruhi barcha zarur aloqa va moddiy-texnika vositalari bilan to‘liq ta’minlangan.

Agar siz 1197 raqamiga bog‘lana olmayotgan bo‘lsangiz, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan 71-203-01-21 ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilishingizni tavsiya etamiz", dedi u.

Kiritildi: 15:34 11.08.2020. O'qildi: 1870 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!