Bugun 20 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Nega ayollarda depressiya holatlari ko‘p uchraydi?

Nega ayollarda depressiya holatlari ko‘p uchraydi?

Ayollarda nega depresssiya holatlari uchraydi. Depressiya o‘zi nima?

Depressiya insonga o‘ziga bo‘lgan ishonchni so‘ndiradi,tushkunlikka tushirib qo‘yadi, bu holatga qachonki inson o‘tib ketgan ishlarga achinishi, ularni o‘ylab asabiylashishi sabab bo‘lishi mumkin!

Depressiya davrida odamlarda kunlar, haftalar yoki oylar davom etishi mumkin bo‘lgan qayg‘u, uyqusizlik yoki energiya yetishmasligini his qiladi.

Depressiya va uning belgilari

Depressiya sizning his tuyg‘ularingizga, fikrlashingizga va uyqu holatingizga va ovqatlanish rejimingizga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tez yig‘laydigan, kechalari uxlay olmaydigan, umuman ovqatlanmaydigan yoki teskarisi juda ko‘p ovqatlanadigan odamlarda depressiya belgisi bo‘ladi.

Ayollarda depressiya omillari

Ayollar stressli hodisaga javoban depressiyaga tushib qolishilari mumkin. Ba’zi dalillar shuni ko‘rsatadiki, ayollar stressli vaziyatlarni boshdan kechirishganda masalan: oilada o‘lim, qiyin munosabatlar yoki ishdan bo‘shash ularning stress hislari erkaklarnikiga qaraganda kuchliroq bo‘ladi. Ba’zi ayollarda tug‘ruqdan oldingi va keyingi depressiya holatlari kuzatiladi va ayollarda hattoki semizlik tufayli depressiya holatlari kuzatilar ekan.

Davolash usullari

Depressiya holatidagi odam atrofidagi insonlardan ko‘proq dalda kutadi, gaplashishni xohlaydi, bunda psixolog juda ham yordam bera oladi. Biz odamlar faqat ruhiy tushkunlik vaqtida ruhshunos maslahatiga moyillik sezmaymiz, bizning ongimizga har doim psixolog ordami kerak. Hayotda turli xil o‘zgarishlar insonni ruhiy tushkunlik, ya’ni depressiya holatiga tushurib qo‘yadi. Hayotda inson har bir zarbaga tayyor turishi kerak, buning uchun avvalo o‘z ongini va fikrlashini bunga tayyor qilishi lozim. Odamlar ba’zida charchoq hissini depressiya bilan adashtirishadi, eng yaxshisi depressiya holatiga tushmaslik va uni davolash usuli, bu dam olish. O‘zingiz uchun vaqt ajrating va o‘zingiz yoqtirgan ishlarni qilishga harakat qiling. Inson qachonki o‘zi yoqtirgan vazifa bilan shug‘ullanayotgan vaqtda charchamaydi.Iloji boricha muloqotda bo‘ling, do‘stlaringiz, yaqinlaringiz bilan ko‘proq vaqt bo‘lishga harakat qiling.

Tekshiruv ishlari bo‘yicha aniqlandiki: ayollarda erkaklarga nisbatan depressiya holati ko‘p kuzatilar ekan, har 4 ayoldan 1 nafarida tushkunlik holati mavjud.

Kiritildi: 16:20 30.11.2021. O'qildi: 2902 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!