Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

NBC: Ilon Mask deyarli doimo Trampning yonida. Milliarderning xatti-harakatlari siyosatchining atrofidagilarni g‘azablantirmoqda

A A A
NBC: Ilon Mask deyarli doimo Trampning yonida.  Milliarderning xatti-harakatlari siyosatchining atrofidagilarni g‘azablantirmoqda

Tramp bilan Maskdan ko‘ra uzoqroq vaqtdan beri birgalikda ishlab kelayotgan odamlarning fikricha, saylovdan keyin deyarli doimo saylangan prezidentning qarorgohida bo‘lib kelgan biznesmen tobora haddidan oshmoqda.

"U o‘zini prezident bilan bir xil mavqedagi shaxs kabi tutadi va bu haqda hamma bilishiga ishonch hosil qilishni xohlaydi", — deya holatga izoh berdi telekanal suhbatdoshlari.

NBC manbalariga ko‘ra, Mask kunning istalgan vaqtida Mar-a-Lagodagi qarorgohda paydo bo‘ladi, Tramp bilan birga o‘tirib, uning qo‘ng‘iroqlari va uchrashuvlariga qo‘shiladi.

Yana bir manbaning ta’kidlashicha, Mask "hamma masalada o‘z fikriga ega" va buni shu qadar qat’iyat bilan baham ko‘radiki, bu narsa Trampning atrofidagilarni bezovta qila boshladi.

Kiritildi: 18:55 14.11.2024. O'qildi: 1488 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!