2021 yilning 11 yanvar kuni, Zarafshon shahar IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, 1987 yilda tug‘ilgan Zarafshon shahrida yashovchi, vaqtincha ishsiz, millati o‘zbek, fuqaro A.M g‘arazli niyatlarni ko‘zlab, 1981 yilda tug‘ilgan Zarafshon shaharda yashovchi, millati o‘zbek fuqaro R.Ani cho‘milayotgan holatda videotasvirga tushiradi. Shundan so‘ng, olingan video tasvirni uning ish joyi hamda mahallasiga olib borib ko‘rsatish va tarqatish yo‘li bilan qo‘rqitib, undan 3 mln. so‘m pul mablag‘larini talab qiladi. R.Adan 1 mln. 900 ming so‘m pullarni Zarafshon shahridagi “Mo‘jizalar maydonchasi” savdo majmuasi yonida olayotgan vaqtida IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qing‘ir yo‘llar orqali tirikchilik qilishni o‘ziga kasb qilib olgan fuqaro qilmishiga yarasha endi qonun oldida javob beradi. Holat yuzasidan A.Mga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda.