Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Navoiyda qizlarni fohishalik uchun Turkiyaga jo‘natmoqchi bo‘lgan ayolga sud hukmi o‘qildi

Navoiyda qizlarni fohishalik uchun Turkiyaga jo‘natmoqchi bo‘lgan ayolga sud hukmi o‘qildi

Navoiyda «Go‘zal» taxallusi bilan nom qozongan, qizlarni fohishalik uchun Turkiyaga jo‘natmoqchi bo‘lgan fuqaro 5 yil 4 oy muddatga qamaldi. Bu haqda Kun.uz'ga Navoiy viloyati sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘yicha konsultanti Aziza Ro‘ziyeva xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, «Go‘zal» joriy yilning 22 mart kuni Navoiy shahrida joylashgan “Shuhrat” kafesida D.N. bilan tanishib, unga Turkiya davlatida fohishalik qilish yo‘li bilan daromad topishni taklif qilgan. Keyin uning suratlarini Telegram tarmog‘i orqali Turkiya davlatidagi tanishlariga tashab bergan.

D.N. bilan o‘zaro kelishuvga erishgan «Go‘zal» 2021 yil 11 aprelda uni Andijon viloyatidagi O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara punkti orqali Turkiyaga olib chiqib ketayotganida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Navoiy shahar sudining hukmiga ko‘ra, «Go‘zal»ga 5 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Kiritildi: 10:39 29.09.2021. O'qildi: 1807 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!