Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Eron urushni qayta boshlaydimi?

Eron urushni qayta boshlaydimi?

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi AQSh bilan sulhga rioya qilishini bildirdi, ammo yangi mojaro ehtimoli haqida ogohlantirdi.

Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (KSIR) ma’lum qilishicha, mamlakat AQSh bilan vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatishga amal qiladi, ammo «raqib yangi xato qilsa», jang harakatlarini qayta boshlashga tayyor.

KSIR bayonotida aytilishicha, Eron infratuzilmasiga qilingan hujumlar «og‘ir oqibatlarga olib keladi». Shuningdek, Eron kuchlari Isroil va AQSh bilan bo‘lgan ikki urush davomida orttirilgan «keng tajriba»ga ega ekani ta’kidlangan. Shu bilan birga, Inqilob qo‘riqchilari AQShning Yaqin Sharqdagi ittifoqchilarini Vashington bilan hamkorlikni to‘xtatishga chaqirdi.

Eron tashqi ishlar vaziri ham ma’lum qilishicha, sulh davrida harbiylar Ormuz bo‘g‘ozi orqali kemalar o‘tishini muvofiqlashtiradi. Bo‘g‘ozni ochish o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvning asosiy shartlaridan biri edi.

Sulh e’lon qilingani fonida Isroilda bir necha soat davomida noaniqlik saqlanib qoldi. AQSh prezidentining Eron bilan kelishuv haqidagi tungi bayonotidan so‘ng, Isroil rasmiylari uzoq vaqt izoh bermadi va mamlakat aholisi xorijiy manbalar xabarlariga tayanishga majbur bo‘ldi.

Faqat to‘rt soatdan keyin bosh vazir Binyamin Netanyaxu devonxonasi ingliz tilida bayonot e’lon qilib, AQShning Eronga qarshi zarbalarda ikki haftalik tanaffus qilish qarori qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi. Shu bilan birga, sulh Livanga taalluqli emasligi ta’kidlandi — u yerda Isroil kuchlari «Hizbulloh» pozisiyalariga zarbalarni davom ettirmoqda.


Kiritildi: Bugun 09:24. O'qildi: 710 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!