Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Navoiyda Qizil kitobga kiritilgan jayronlar o‘ldirildi

A A A
Navoiyda Qizil kitobga kiritilgan jayronlar o‘ldirildi

Joriy yilning 9-iyul kuni Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari viloyat IIB YHXB hamda Ekopatrul xodimlari bilan hamkorlikda nazorat reyd tadbirini o‘tkazishdi.

Tadbir davomida Navbahor tumani hududida fuqaro Q.SH. boshqaruvidagi “Niva” rusumli avtomashina tekshirildi. Natijada mashina yukxonasida 2 dona otilgan O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan ona-bola jayron borligi aniqlandi.

Tekshiruv-surishtiruv ishlari davomida jayronlar Samarqand viloyati, Narpay tumani, Boltali qishlog‘ida yashovchi fuqarolar Q.Sh va Q.F. larga tegishli ov qurollari yordamida noqonuniy ovlangani ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan tegishli dalolatnomalar tuzilib, tabiatga 33 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi. Shuningdek, Q. SH. boshqaruvidagi avtomashina jarima maydonchasiga qo‘yildi va ov qurollari saqlash uchun Navoiy viloyat IIB ga yuborildi.

Hozirda prokuraturaga yuborish uchun kerakli hujjatlar to‘planmoqda.

Kiritildi: 20:31 10.07.2023. O'qildi: 4528 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!