Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Navoiyda 4 qavatli savdo majmuasida yong‘in yuz berdi

Navoiyda 4 qavatli savdo majmuasida yong‘in yuz berdi

16 yanvar kuni soat taxminan 21:15da Navoiy shahridagi 4 qavatdan iborat bo‘lgan Navoiy savdo kompleksining 4-qavatida yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar berdi.

Natijada 150 kv.m. bo‘lgan 6 ta kiyim-kechak savdo do‘koni yonib yaroqsiz xolga kelgan, 14 ta savdo do‘koni esa zararlangan. Tan jarohati olgan fuqarolar va qurbonlar yo‘q.

Hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda.

Yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi.

Kiritildi: 09:47 17.01.2020. O'qildi: 2041 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!