Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “N.G.”, “B.B.” va “B.T.” MCHJ mas’ul shaxslari 19 nafar fuqaroning nomiga pazandachilikni tashkil qilish, tik quduq qazish uchun jami 804,8 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, fuqarolarga ta’minotchi korxona sifatida mahsulotlarni yetkazib bermasdan ushbu mablag‘larni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.