Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

ERR: Estoniya floti va NATO aviasiyasi Boltiq dengizi orqali Rossiya portiga yo‘l olgan neft tankerini qo‘lga olishga urindi

ERR: Estoniya floti va NATO aviasiyasi Boltiq dengizi orqali Rossiya portiga yo‘l olgan neft tankerini qo‘lga olishga urindi

Nashrning xabar berishicha, ushbu xodisa Fin ko‘rfazi hududida yuz bergan. Xabarlarga ko‘ra, Estoniya harbiylari Gabon bayrog‘i ostida suzayotgan fuqarolik kemasini xalqaro suvlardan chiqib, Estoniya hududiy suvlariga kirishga va ularga ergashishga majburlashga uringan. Bunday holatda ular kemani to‘liq to‘xtatish huquqiga ega bo‘lardi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Estoniya harbiylari kemaga ikki marta vertolyot orqali desant tushirishga uringan. Shuningdek, ular taktik aviasiya yordamiga ham tayangan.

Biroq kema ekipaji estoniyalik harbiy xizmatchilarni kema bortiga chiqarishdan bosh tortdi va Rossiyaning Su-35 qiruvchi samolyoti Estoniya harbiy-dengiz kuchlarini o‘z niyatlaridan voz kechishga majbur qildi.

Buning ortidan Estoniya Rossiyani havo hududini buzganlikda aybladi va mamlakatning Estoniyadagi tashqi ishlar bo‘yicha vaqtinchalik vakili Lenar Salimullinni TIVga chaqirib, unga norozilik notasini topshirdi. Rossiya rasmiylari Tallinning ayblovlariga izoh bermadi.

Kiritildi: 23:30 14.05.2025. O'qildi: 1089 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!