Moskva va Kiyevning Istanbuldagi muzokaralari uchun 15 may sanasi tanlanishi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qarori bilan bog‘liq, dedi Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
"Prezident shunday qaror qildi," - deya javob berdi Peskov VGTRK jurnalisti Pavel Zarubinning muzokaralar uchun sana tanlash haqidagi savoliga.
Turkiya TIV rahbari Hakan Fidan avvalroq Istanbuldagi muzokaralar formati hali aniq emasligini ma’lum qilgan edi.