Bugun, 5 yanvar kuni soat 14:29 da Navoiy Issiqlik elektr stansiyasidagi 12-sonli transformatorda yong‘in sodir bo‘lgan.
Yong‘in Navoiy IES Yong‘in xavfsizligi xizmati hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan soat 14:49 da qurshab olinib, to‘liq bartaraf etilgan.
"Yong‘in natijasida to‘xtatilgan energoblok o‘rni zaxira quvvatlari hisobidan ta’minlandi. Iste’molchilarga elektr energiyasi barqaror yetkazib berilmoqda. Yong‘in natijasida jabrlanganlar yo‘q. Ayni paytda stansiya barqaror ishlamoqda", deyiladi rasmiy xabarda.