Bugun 23 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Navbatdagi 4 bola ochdan o‘ldi

Navbatdagi 4 bola ochdan o‘ldi

O‘tgan hafta davomida qamaldagi G‘azoda ochlik tufayli yana to‘rt nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda sektor shimolidagi Kamol Advan kasalxonasi rahbari Hussam Abu Sofiya ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi ikki hafta ichida 250 bola o‘tkir to‘yib ovqatlanmaslik belgisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Abu Sofiya xalqaro tashkilotlarni G‘azo shimoliga yordam ko‘rsatish, jumladan oziq-ovqat, ichimlik suvi, yonilg‘i, chiqindini yig‘ish uchun zarur asbob-uskuna yetkazib berishga chaqirgan.

Ma’lumot o‘rnida keltirish joiz, Isroilning G‘azoga hujumi natijasida jami 37 551 falastinlik hayotdan ko‘z yumgan. Ularning kamida 15 694 nafari bola, 10 279 nafari ayol. Yaralanganlar 85 911 kishi ekani qayd etilgan.

Afsuski, minglab halok bo‘lganlar jasadi hamon vayronalar ostida qolmoqda.

Kiritildi: 20:27 24.06.2024. O'qildi: 1233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!