Namanganning «Navbahor» klubi yarim himoyachisi Odil Hamrobekov o‘z «Instagram» sahifasida klub bilan xayrlashdi.
“Barcha «Navbahor» klubi hodimlari, muxlislar va rahbarlariga o‘tgan bir yil uchun rahmat”, - deb yozdi 28 yoshli futbolchi.
Hamrobekov 2024 yil boshida «lochinlar» safiga «Paxtakor»dan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi. U jami 30 ta o‘yinda 1 ta gol urib, 2 ta assist berdi.