Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

"Navbahor" jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

A A A
"Navbahor" jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Namanganning "Navbahor" klubini endilikda Sergey Lushchan boshqaradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Tajribali mutaxassis bunga qadar O‘zbekiston–U-19 terma jamoasi (2014 yil), “Bunyodkor” (Toshkent, 2014-2017 yillar), “So‘g‘diyona” (Jizzax, 2018 yil), “Dinamo” (Samarqand, 2020 yil), bundan tashqari, Belarusning “Shaxtyor” (Soligorsk, 2021-2022 yillar), “Shaxtyor” (Petrikov, 2023 yil) jamoalarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan klubi ketma-ket salbiy natijalar tufayli Samvel Babayanni o‘z lavozimidan ozod etgandi.

Kiritildi: 22:11 19.07.2024. O'qildi: 1899 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!