Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Navalniyning bevasi Rossiyada sirtdan hibsga olindi

A A A
Navalniyning bevasi Rossiyada sirtdan hibsga olindi

Moskvaning Basmanniy sudi tergov talabiga binoan marhum siyosatchi Aleksey Navalniyning bevasi Yuliya Navalnayani hibsga olishga qaror qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Navalnaya ekstremistik jamiyatda ishtirok etganlikda ayblanmoqda (RF Jinoyat kodeksining 282.1-moddasi 2-qismi).

Yuliya Borisovna dastlabki tergov organlaridan yashiringan va shuning uchun qidiruvga berilgan, deyiladi sud matbuot xizmati xabarida.

Avvalroq Yuliya Navalnaya Garri Kasparov o‘rniga Inson huquqlari jamg‘armasi rahbari etib tayinlangandi. Time jurnaliga bergan intervyusida Yuliya Navalnaya “odamlarga umid berish” maqsadida erining ishini davom ettirishga va’da bergan.

Eng muhimi, men Kreml va uning amaldorlari tushunishlarini xohlayman: agar ular Alekseyni o‘ldirgan bo‘lsa, men uning o‘rnini egallayman, degandi Navalnaya.

Kiritildi: 22:54 09.07.2024. O'qildi: 1601 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!