NATOga a’zo yirik davlatlarning Ukrainaning alyansga a’zo bo‘lishi borasidagi pozisiyalari o‘zgarmadi.
Bu haqda The Washington Post yozmoqda.
"Men katta davlatlar, jumladan, AQSh pozisiyalarida hech qanday o‘zgarishlarni ko‘rmayapman. Amerikaning yangi ma’muriyati ilk kundanoq bu borada qarorlar qabul qilmaydi. Yangi pozisiyalar aniqlanmaguncha qarorlar qabul qilish biroz vaqt talab qilishi mumkin", deya NATOning ismini oshkor etmagan diplomati fikrlaridan iqtibos keltirgan gazeta.