Dekabr oyida Financial Times AQShning saylangan prezidenti bunday talabni ilgari surgani haqida yozgan edi. 7 yanvar kuni esa Donald Tramp bu haqda o‘zi bayonot berdi.
Reuters agentligining xabar berishicha, AQShning NATO bo‘yicha ittifoqchilari mudofaa xarajatlarini oshirish zaruratini tan olishgan, biroq YAIMning 5 foizi ko‘rsatkichini amalga oshirishni imkonsiz deb hisoblashmoqda.
Shu bilan birga, alyans davlatlari vakillari iyun oyida Gagada bo‘lib o‘tadigan sammitda yangi maqsadli ko‘rsatkich kelishib olinishi mumkinligini qo‘shimcha qilishdi. Kutilishicha, u YAIMning 3 foiziga yaqin bo‘ladi.
2024 yil yakunlariga ko‘ra, NATO'ga a’zo 32 davlatdan faqat 23 tasi mudofaa xarajatlari uchun talab qilinadigan YAIMning 2 foizini sarflagan. Mudofaa sohasiga eng ko‘p mablag‘ni (4,12%) Ukrainaga chegaradosh bo‘lgan Polsha ajratgan.