Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

NATO va Ukraina yangi markazda Rossiya bilan urush tajribasini o‘rganmoqda

NATO va Ukraina yangi markazda Rossiya bilan urush tajribasini o‘rganmoqda

"Polshaning Bidgosh shahrida Shimoliy Atlantika alyansi bazasida qo‘shma tahlil, o‘quv va ta’lim markazi (JATEC) ochildi. U yerda Ukraina va NATO Ukraina harbiylari va tinch aholi vakillarining Rossiya agressiyasini qaytarish bo‘yicha orttirgan tajribasini birgalikda o‘rganadi", deya xabar bermoqda DW nashri.

"Markaz xodimlari jang maydonida qo‘llash mumkin bo‘lgan amaliy yechimlarni ishlab chiqishga hissa qo‘shadi", — deya ta’kidladi Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Sergey Boyev.

JATEC xulosalari Ukraina askarlarini tayyorlash hamda Shimoliy Atlantika alyansi mudofaa salohiyatini kuchaytirish uchun qo‘llaniladi. Markazning vazifalaridan biri Ukraina va NATO’ning yanada yaqinroq hamkorlik qilishi hamda Ukraina Qurolli kuchlarining alyans bilan muvofiqligini oshirishdir.

Bu Shimoliy Atlantika alyansi va Ukraina o‘rtasidagi ilk qo‘shma harbiy-fiuqarolik tashabbusi bo‘lib, alyans tarixida NATO’ga a’zo bo‘lmagan davlat bilan birinchi shunday hamkorlik hisoblanadi. JATEC bevosita NATO’ning Birlashgan qo‘shma qo‘mondonligiga bo‘ysunadi. Unda 70 dan ortiq mutaxassis faoliyat yuritadi, ularning chorak qismi ukrainaliklardan iborat.

Kiritildi: 06:22 18.02.2025. O'qildi: 1258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!