Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

NATO Ukrainaga yordamni «Trampga qarshi» qilmoqchi

NATO Ukrainaga yordamni «Trampga qarshi» qilmoqchi

Oq uy rahbari o‘zgarishiga olti oydan sal ko‘proq vaqt qoldi. So‘nggi paytlarda Donald Trampning yana AQSh prezidenti bo‘lishi ehtimoli katta.

U Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni «24 soat ichida» tugatishini bir necha bor ta’kidlagan. Bu u Ukrainani Qrim va boshqa bosib olingan hududlarning bir qismidan voz kechishga majburlashini anglatishi mumkin, deydi manbalar. Aks holda, mamlakat AQShdan na qurol, na yordam oladi.

Shu fonda Ukrainaning NATOdagi hamkorlari alyansning harbiy yordamini Trampning unga ta’siridan himoya qilishga harakat qilmoqda. Berlindagi xalqaro aloqalar bo‘yicha Yevropa kengashi tahlil markazidan harbiy ekspert Gustav Gresselning tushuntirishicha, Visbadendagi Amerika boshchiligidagi qo‘mondonlik 2022 yil noyabridan beri Ukrainaga qurol yetkazib berishni muvofiqlashtirib keladi.

14 iyun kuni NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Tramp «eskirgan» deb atagan harbiy alyans Ukrainaga qurol yetkazib berishni xalqaro muvofiqlashtirish uchun shtab ochishini ma’lum qildi.

«Hozirgacha NATOga a’zo davlatlar va sanoat ixtiyoriy ravishda AQSh boshchiligidagi qo‘mondonlikni o‘z ta’minoti, yetkazib berish muddatlari va hokazolar haqida xabardor qilgan. Bu endi NATO doirasida yanada majburiy va institusional holga keladi», - deydi Gressel.


Uning so‘zlariga ko‘ra, NATOning Ukrainaga harbiy yordami «Trampdan himoyalangan bo‘lishi kerak».

Kiritildi: 15:05 10.07.2024. O'qildi: 2702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!