Litva tashqi ishlar vaziri Gabriyelius Landsbergisning aytishicha, NATO a’zolari Ukrainada tinchlik kafolatlanishi uchun kafolatlar berishi kerak.
«Agar biz Ukrainada tinchlik bo‘lishini istasak, xavfsizlik kafolatlarini ta’minlashimiz kerak. Xavfsizlik kafolati uchun NATOning 5-moddasidan arzonroq yo‘l yo‘q», - dedi u.
«Urush faqat jang maydonida hal qilinadi. Biz Ukrainaga kerakli narsani yetkazib bera olmaymiz deyish illyuziya», - deya qo‘shimcha qildi u.