Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

NATO Ukrainaga qiymati 100 milliard dollargacha bo‘lgan besh yillik yordam paketi g‘oyasi ustida ishlamoqda

NATO Ukrainaga qiymati 100 milliard dollargacha bo‘lgan besh yillik yordam paketi g‘oyasi ustida ishlamoqda

NATO Ukrainaga qiymati 100 milliard dollargacha bo‘lgan besh yillik yordam paketi g‘oyasi ustida ishlamoqda, bu G‘arbda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan siyosiy o‘zgarishlardan qat’iy nazar, Donald Tramp AQSh saylovlarida g‘alaba qozonsa ham amal qiladi.

Bu haqda Financial Times nashri manbalarga tayanib xabar bermoqda.

"NATO Ukrainaga yordam ko‘rsatishni muvofiqlashtirishda asosiy rol o‘ynaydi. Men konsensus belgilari paydo bo‘layotganini ko‘rmoqdaman", —deya ta’kidlagan vaziyatdan xabardor diplomatlardan biri.

Bir qator diplomatlarga ko‘ra, "Ukraina uchun missiya" deb atalmish taklif NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg tomonidan ilgari surilgan.

Rejaga ko‘ra, alyans 32 a’zo davlat tomonidan ajratiladigan 100 milliard dollarni tashkil etishi kutilayotgan mablag‘dan foydalanishni birgalikda muvofiqlashtirishi kerak.

Agar taklif ma’qullansa, NATOga Ukraina bo‘yicha AQSh boshchiligidagi aloqa guruhi ustidan nazorat o‘rnatish va alyansga Kiyevga qurol yetkazib berishni boshqarish imkonini beradi, deya tushuntiradi gazeta.

Kiritildi: 05:42 03.04.2024. O'qildi: 630 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!