NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Vashingtonda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bugunga qadar Ukrainaga NATO tomonidan berilgan harbiy, gumanitar va moliyaviy yordam miqdori taxminan 112 milliard yevroni tashkil etganini ma’lum qildi.
Stoltenbergning qayd etishicha, AQSh eng yirik ittifoqchi sifatida Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda ajralmas rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, Kanada va Yevropa davlatlari Ukrainaga umumiy yordamning yarmidan ko‘pini bermoqda.