Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushko ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya xavfsizligi uchun kafolatlar "Ukrainaning NATO'ga a’zo bo‘lishi va uning hududida xorijiy harbiy kontingentlarning joylashtirilishi yoki Rossiyaga harbiy bosim o‘tkazish uchun foydalanilishini istisno qilishi" lozim.
"Ushbu kafolatlarning bir qismi sifatida Ukraina neytral maqomga ega bo‘lishi va NATO davlatlari uni alyansga qabul qilishdan voz kechishi kerak", — deya ta’kidladi diplomat.
Grushko, shuningdek, Ukrainada Yevropa tinchlikparvar kuchlarining mavjud bo‘lishiga qarshi chiqdi.
"NATO kontingenti Ukrainada qanday nom ostida joylashtirilishini farqi yo‘q. Har qanday holatda ham, agar ular Ukrainada paydo bo‘lsa, bu ularning mojaro zonasida ekanligini anglatadi", — deya qo‘shimcha qildi Grushko.
Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva bu masalalar bo‘yicha Yevroittifoq bilan muzokaralarga tayyor, biroq Bryussel "o‘zini Rossiyadan izolyasiya qilmoqda".