Bugun 27 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

NATO uchinchi jahon urushi uchun rejalar tayyorlamoqda

NATO uchinchi jahon urushi uchun rejalar tayyorlamoqda

NATO uchinchi jahon urushi rejalarini ishlab chiqmoqda. Boshqa narsalar qatorida, Rossiya bilan mumkin bo‘lgan urush holatida yaradorlarni front chizig‘idan keng ko‘lamli evakuasiya qilish rejasi tayyorlanmoqda , dedi alyansning logistika qo‘mondonligi boshlig‘i, general-leytenant Aleksandr Zollfrank.

Aleksandr Zollfrankning fikricha, bunday urush katta ehtimol bilan «keng jang maydonida» sodir bo‘ladi va NATO uchun jiddiy yo‘qotishlarga olib keladi. General Rossiya Aerokosmik kuchlarining keng imkoniyatlari tufayli yaradorlarni havo orqali evakuasiya qilish o‘ta xavfli bo‘lishi mumkinligini, shuning uchun tez yordam poyezdlaridan foydalangan ma’qul ekanini ta’kidladi. «Muammo eng yomon stsenariyda ko‘p sonli jabrlanganlarga tez va sifatli yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ladi», deya qo‘shimcha qildi u.

Aleksandr Zollfrank, shuningdek, NATOning tibbiy qoidalarini uyg‘unlashtirish muhimligini ta’kidladi. Yechimlardan biri kuchli dori vositalarining, shu jumladan og‘ir jarohatlar uchun zarur bo‘lgan og‘riq qoldiruvchi vositalarning erkin harakatlanishini ta’minlaydigan «harbiy tibbiy Shengen»ni yaratish bo‘lishi mumkin, deya tushuntirdi u.

Kiritildi: 18:12 26.09.2024. O'qildi: 832 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!