Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

NATO: Turkiya ittifoqning ishonchli ittifoqchisi

 NATO: Turkiya ittifoqning ishonchli ittifoqchisi

NATO Bosh kotibi Mark Ryutte Turkiya Shimoliy Atlantika ittifoqining “ishonchli va samarali ittifoqchisi” ekanini aytdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan Anqarada bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng ma’lum qildi.

Uchrashuv 14-15 may kunlari Antaliyada bo‘lib o‘tadigan NATO tashqi ishlar vazirlarining norasmiy uchrashuvi arafasida bo‘lib o‘tdi.

Ryuttening so‘zlariga ko‘ra, tomonlar NATOning iyun oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Gaaga sammitiga tayyorgarlik, shuningdek, Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilgan. Bosh kotibning ta’kidlashicha, mojaroda "tinchlikka erishish uchun haqiqiy imkoniyat paydo bo‘ldi".

Uchrashuvda Erdog‘an Turkiya o‘z ittifoqdoshlaridan terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik qilishini kutayotganini ta’kidladi. Prezident, shuningdek, Anqara ichki va tashqi qiyinchiliklarga qaramay, NATO qudratini saqlab qolish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishda davom etishini ta’kidladi.

Turkiyaning Shimoliy Atlantika ittifoqiga sodiqligi belgisi sifatida Erdo‘g‘an mamlakat yana bir bor Kosovodagi NATO kuchlari qo‘mondonligini o‘z zimmasiga olishini aytdi.

Muzokaralar chog‘ida Ukrainadagi vaziyatga alohida e’tibor qaratildi. Erdog‘an, Turkiyaning doimiy va adolatli tinchlikka erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini kuchaytirayotganini ta’kidladi: "Turkiya keng qamrovli o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvining o‘rnatilishini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi va NATO bu urushning bir qismi bo‘lmasligi kerakligi haqidagi pozisiyasini saqlab qoladi. Tinchlik uchun imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslik kerak".

Kiritildi: 13:21 14.05.2025. O'qildi: 530 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!