NATO rasmiylari AQSh prezidenti Donald Trampga Grenlandiya AQShga qo‘shilishi kerakligi haqidagi bayonotidan so‘ng alyansning Arktikadagi harbiy ishtirokini sezilarli darajada kengaytirishni taklif qilmoqchi.
Bu haqda DPA agentli xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda mazkur tashabbus tashkilot doirasidagi norasmiy muzokaralar doirasida muhokama qilinmoqda. Tashabbuschilar Trampning Grenlandiya bo‘yicha muhokamalari natijasida yuzaga kelgan keskinlikni bartaraf etishga umid qilmoqda. Manbalarga ko‘ra, alyansning Arktikadagi ishtirokini kengaytirish, jumladan, amerikaliklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborish orqali AQShning mintaqaviy xavfsizlik manfaatlarini himoya qilish mumkin bo‘ladi.