Bugun 13 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

NATO tan oldi: Rossiya o‘z kuchini ular kutganidan ham tezroq tiklayapti

NATO tan oldi: Rossiya o‘z kuchini ular kutganidan ham tezroq tiklayapti

Alyans bosh kotibi Mark Ryutte “Rossiya o‘z kuchini «NATO kutganidan ham tezroq» tiklayapti”, deb tan oldi.

Evropa uchun Karnegi jamg‘armasida so‘zlagan nutqida u «NATOning ukrainalik do‘stlarining sa’y-harakatlariga qaramay», «Rossiya o‘z kuchini alyans kutganidan ancha tezroq tiklamoqda va xatolaridan tezda saboq olmoqda» dedi.

Ryuttening so‘zlariga ko‘ra, blok hozirda Rossiyadan harbiy tahdidni ko‘rmayapti, biroq Bosh kotib Rossiya Federasiyasini go‘yoki «NATO mamlakatlariga gibrid hujumlar»da aybladi.

U, shuningdek, Xitoy «Qo‘shma Shtatlarga qaraganda 5-6 baravar tezroq qurol ishlab chiqarishi»ni da’vo qildi. Shu munosabat bilan Ryutte Yevropa sanoatini zudlik bilan harbiylashtirish va NATO mamlakatlari tomonidan harbiy xarajatlarni oshirishga chaqirdi.

Kiritildi: 21:12 12.12.2024. O'qildi: 926 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!