NATO yetakchilari alyans sammitida AQShning yangi yordami to‘xtatilgani sababli Ukrainani harbiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qilmaydi. Bu haqda Agence France-Presse xabar bermoqda.
"Aftidan, NATO sammitida ittifoqqa a’zo 32 davlatdan harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shma bayonot berilmaydi, chunki AQSh prezidenti Donald Tramp yordam ko‘rsatishni cheklab qo‘ygan", — deyiladi agentlik bayonotida.
NATO sammiti 24-25 iyun kunlari Gaagada bo‘lib o‘tadi.