Niderlandiyadagi NATO sammitida olingan Kiyevni qo‘llab-quvvatlash bayonotlari Ukraina va uning prezidenti Vladimir Zelenskiyning og‘ir ahvolini yaxshilamaydi.
Bu haqda Britaniyaning Telegraph gazetasi yozmoqda.
Maqolada aytilishicha, odatiy qo‘llab-quvvatlash bayonotlariga qaramay, og‘ir ahvolda qolgan Zelenskiy va Ukraina uchun hech qanday yengillik kutilmaydi.
Gazetaning qayd etishicha, yakuniy kommyunikeda Ukraina mojarosi qoralanmagan, bu Shimoliy Atlantika ittifoqi mamlakatlari pozisiyasi o‘zgarganidan dalolat beradi. Bunday vaziyatda Kiyev NATOga kirishni kutmasligi kerak.