NATO Rossiyaga josuslik qilish uchun Litvaga ikkita AWACS erta ogohlantirish samolyotini yuboradi.
Bu haqda alyans tarqatgan bayonotda aytiladi.
“NATO AWACS samolyotlarini vaqtincha Shaulyayda (Litva) joylashtiradi”, — deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, ikkita samolyotning birinchisi 28 sentyabr kuni yetib keladi.
U "alyans chegaralari yaqinida Rossiya harbiy harakatlarini kuzatish" vazifalarini bajaradi.