Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

NATO: Rossiya KXDRning yadroviy dasturini askarlar va qurol evaziga qo‘llab-quvvatlamoqda

NATO: Rossiya KXDRning yadroviy dasturini askarlar va qurol evaziga qo‘llab-quvvatlamoqda

Rossiya KXDRning yadroviy dasturini askarlar va qurol evaziga qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu haqda NATO xabar berdi.

"Moskva Shimoliy Koreyaning raketa va yadroviy dasturlarini qo‘llab-quvvatlash orqali BMT sanksiyalarini buzmoqda. Bunday vaziyat Koreya yarim orolidagi barqarorlikni izdan chiqarishi mumkin, — deya bayonot berdi NATO bosh kotibi Mark Ryutte.

Ryuttening so‘zlariga ko‘ra, Pxenyan rejimi o‘z raketalarini nafaqat Shimoliy Atlantika alyansining mintaqaviy hamkorlari – Janubiy Koreya va Yaponiyaga, balki Yevropa va hatto AQShga qarshi yo‘naltirishi mumkinligi xavfi mavjud.

KXDR yadroviy qurol ishlab chiqarishi sabab xalqaro sanksiyalar ostida. Ushbu davlatga bir yilda 500 ming barreldan ortiq neft sotib olish taqiqlangan. Ammo Open Source Centre tadqiqot markazi hisob-kitoblariga ko‘ra, 2024 yil mart oyidan boshlab Rossiya Shimoliy Koreyaga 1 million barreldan ortiq neft yetkazib bergan.

Bundan oldin Britaniyaning The Times gazetasi g‘arb razvedkasidagi manbalarga asoslanib, KXDR Rossiyaga har yili 3 million donaga yaqin snaryad yetkazib berishini xabar qilgan edi. Shuningdek, Kiyev ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etish uchun Rossiyaga yuborilgan shimoliy koreyalik harbiylarning soni 12 ming kishiga yetishi mumkin.

Kiritildi: 10:20 05.12.2024. O'qildi: 1202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!