Bosh kotib Mark Ryutte NATO a’zolari Rossiya bilan tinchlik o‘rnatishning mumkin bo‘lgan stsenariylarini muhokama qilishdan ko‘ra, ko‘proq Ukrainaga qurol yetkazib berishga e’tibor qaratishlari kerakligini aytdi.
«Ukrainaga tinchlik jarayoni qanday bo‘lishi mumkinligi haqida ko‘proq fikrlar kerak emas», dedi Ryutte .
Uning ta’kidlashicha, Ukraina zudlik bilan ko‘proq harbiy yordam va raketaga qarshi mudofaa tizimlariga muhtoj.
Rossiya bilan tinchlik muzokaralariga kelsak, Ryutte Ukraina buni o‘z xohishi bilan qilishi kerak, agar shunday qilsa, Kiyev eng kuchli pozisiyadan turib muzokara olib borishi kerakligini aytdi.
«U yergacha yetib borish uchun Ukrainaga ko‘proq harbiy yordam yuborilishi juda muhim», dedi NATO rahbari.