Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

NATO Putinni xavfli va mas’uliyatsiz yadroviy ritorikasi uchun tanqid qildi — Reuters

NATO Putinni xavfli va mas’uliyatsiz yadroviy ritorikasi uchun tanqid qildi — Reuters

Vladimir Putin Belarusda Rossiyaning taktik yadroviy qurollarini joylashtirish niyatini e’lon qilganidan bir kun o‘tib, NATO vakili bu ritorikani xavfli va mas’uliyatsizlik deb atadi.

"Rossiyaning NATOning yadro qurolidan foydalanishi haqidagi argumenti noto‘g‘ri. NATO ittifoqchilari o‘zlarining xalqaro majburiyatlarini to‘liq hurmat qilgan holda harakat qilmoqdalar. Rossiya qurol nazorati bo‘yicha o‘z majburiyatlarini doimiy ravishda buzmoqda, yaqinda yangi START (https://t.me/burchakostida/29771) shartnomasidagi ishtirokini to‘xtatib qo‘ydi", — deya iqtibos keltiradi Reuters agentligi NATO vakilidan.

"NATO hushyor bo‘lib, vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Biz hozircha Rossiyaning yadro siyosatida o‘z pozisiyamizni o‘zgartirishimizga majbur qiladigan o‘zgarishlarni sezmadik", — deya qo‘shimcha qilgan u.

Kiritildi: 00:42 27.03.2023. O'qildi: 2594 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!