Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

NATO Bosh kotibi Yaponiyaga boradi

NATO Bosh kotibi Yaponiyaga boradi

2025 yilning 8-9 aprel kunlari NATO Bosh kotibi Mark Ryutte Yaponiyada bo‘ladi, deya xabar beradi Alyans matbuot xizmati.

NATO Bosh kotibi mudofaa vaziri Gen Nakatani bilan uchrashadi. Shuningdek, u Yokosuke harbiy-dengiz bazasi va Kamakuradagi Mitsubishi Electric zavodiga tashrif buyuradi.

9 aprel, chorshanba kuni M.Ryutte Bosh vazir Sigeru Isiba, iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Yoji Muto, parlament a’zolari va Yaponiya sanoati vakillari bilan uchrashadi.

Bosh kotib shuningdek, Tokiodagi Keyo universitetida “NATO va Yaponiya – o‘zaro bog‘langan dunyoda mustahkam hamkorlik” mavzusida moderatorlik suhbati o‘tkazadi.

Kiritildi: 18:46 08.04.2025. O'qildi: 898 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!