"NATO Rossiyaning tahdidlaridan qo‘rqmaydi va Kiyevni kuchli qo‘llab-quvvatlashda davom etadi", dedi alyans bosh kotibi Mark Ryutte Germaniyaning Visbaden shahrida Ukrainaga yordam ko‘rsatish bo‘yicha bosh muvofiqlashtirish markazi joylashgan bazaga birinchi tashrifi chog‘ida.
"Biz Rossiya prezidenti Vladimir Putin maqsadlariga erishmasligi va Ukraina g‘alaba qozonishi uchun qo‘limizdan kelgan hamma yordamni berishda davom etamiz", deya qo‘shimcha qildi u.
Gessenning ma’muriy markazi Visbadendagi “NATO Security Assistance and Training for Ukraine” deb nomlangan majmua G‘arbning Kiyevga harbiy yordamini muvofiqlashtirishni bosqichma-bosqich o‘z zimmasiga olishi rejalashtirilgan.
Markazning umumiy soni taxminan 700 kishidan iborat bo‘lishi kutilmoqda.