Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

NATO Boltiq dengizidagi infratuzilmani himoya qilish uchun maxsus guruh tuzadi

NATO Boltiq dengizidagi infratuzilmani himoya qilish uchun maxsus guruh tuzadi

Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi Mark Ryuttening so‘zlariga ko‘ra, yangi Baltic Sentry operasiyasi doirasida alyansning mintaqadagi ishtiroki kuchaytiriladi. Tashabbus doirasida kemalar va patrul samolyotlari bilan birga yangi texnologiyalar, jumladan dronlar ham jalb etiladi. Bundan tashqari, NATO Boltiq dengizidagi infratuzilmani himoya qilishda ayrim davlatlarning kuzatuv tizimlariga tayanadi.

Bu harakatlar Yevropa Ittifoqi davlatlarining Boltiq dengizidagi suvosti infratuzilmasiga zarar yetkazilgan bir qator voqealar fonida amalga oshirilmoqda. Ushbu hodisalarga Rossiyaning “soya floti” kemalari aloqador bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

"Kema kapitani shuni tushunishi kerakki, infratuzilmamizga bo‘lgan potensial tahdidlar jazosiz qolmaydi. Agar shunday holat yuz bersa, kemani qirg‘oqqa chiqarish, hibsga olish va musodara qilish imkoniyati bor", — dedi ta’kidladi Ryutte.

Kiritildi: Bugun 09:24. O'qildi: 372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!