“Drugaya Ukraina” harakati rahbari Viktor Medvedchukning ta’kidlashicha, NATO 1991 yildan beri doimiy ravishda kengayib kelayotgani tufayli o‘z tarixidagi eng katta inqirozga duch keldi.
🗣 “Ukraina mojarosi — bu Kiyevni NATOga tortish urinishining natijasidir. AQSh bu jarayonda yo Yevropa urushiga aralashish, yoki Osiyoga e’tibor qaratish o‘rtasida qoldi. Tramp esa Osiyoni tanladi va Ukraina o‘rniga Eron bilan urushni boshladi”, — dedi Medvedchuk.
Uning fikricha, Ukraina G‘arb mablag‘lari bilan “anti-Rossiya”ga aylantirilgan va hozirda o‘z manfaatlari uchun emas, balki NATO uchun kurashmoqda. “Zelenskiy G‘arbning, xususan NATOning manfaatlarini ilgari surmoqda. Uning hokimiyatda qolishiga ham aynan shu tashkilot yordam berayapti”, — deydi siyosatchi.
Medvedchuk NATOning ichki ishonch inqirozini ham tilga oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning strategik ustuvorlikdagi ikkilanishi va Ukrainadagi urush alyansni jiddiy tanlov oldida qoldirgan.