Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

National Geographic beshinchi okean mavjudligini tan oldi

National Geographic beshinchi okean mavjudligini tan oldi

8 iyun kuni AQSh Milliy geografik jamiyatining (National Geographic) kartograflari dunyoda beshinchi okean — Janubiy okean mavjudligini tan oldilar.

«Janubiy okean olimlar tomonidan azaldan tan olingan, ammo xalqaro miqyosda bunday kelishuv bo‘lmaganligi sababli biz uni rasman tan olmasdik», — deydi jamiyat geografigi Aleks Teyt. Uning aniqlik kiritishicha, yillar davomida mutaxassislar Antarktida atrofidagi suvlar o‘z nomlariga munosib bo‘lishlari uchun o‘ziga xos xususiyatlarga egami yoki yo‘qligini muhokama qilishgan. Ta’kidlanishicha, Xalqaro gidrografiya tashkiloti 1937 yilda Janubiy Okeanni tan olgan va 1953 yilda ilmiy jamoatchilik bosimi tufayli ushbu qarorni bekor qilgan edi.

Janubiy okean Antarktidani janubiy kengligining 60 gradusigacha o‘rab turgan suvlarning katta qismini o‘z ichiga oladi, Dreyk bo‘g‘ozi va Skosh dengizidan tashqari. Boshqa okeanlar ularni qamrab olgan qit’alar tomonidan belgilangan bo‘lsa, Janubiy okean antarktika sirkumpolyar oqimi bilan belgilanadi. Shu paytgacha ilmiy hamjamiyat to‘rtta okeanni, ya’ni Atlantika, Tinch, Hind va Shimoliy Muz okeanlarini tan olgan.

Kiritildi: 04:45 12.06.2021. O'qildi: 2263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!